Fan yo'nalishi

Huquq fani

Huquqiy savodxonlik, davlat va huquq nazariyasi bo'yicha video darslar va testlar. DTM va olimpiadaga tayyorlanish uchun mos dastur.

Huquqshunoslik fanlari dasturiga kiritilgan 35 ta qonunchilik hujjati. Havolalar lex.uz milliy huquqiy axborot bazasiga olib boradi.

Testlar

Eslatma: ushbu testlar javob kaliti (to'g'ri javoblar) bilan birga taqdim etilmagan manbadan olindi, shuning uchun bu sahifada to'g'ri javoblar belgilanmagan. Konstitutsiyaning aniq modda raqamlarini xato ko'rsatish xavfidan saqlanish uchun avtomatik baholash qo'shilmadi. Javob kaliti tayyor bo'lsa, uni yuborsangiz, interaktiv (baholanadigan) test sifatida qayta tayyorlab beraman.
1
Sudlarning faoliyatini moliyalashtirish .....tomonidan amalga oshiriladi. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
AYuridik shaxslar tomonidan
BO'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
CO'zbekiston Respublikasi Milliy banki tomonidan
DO'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan
2
Quyidagi moddalardan to'g'risini aniqlang.
A"Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta'minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo'lishi mumkin"
B"Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar davlat boyligidir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir"
C"O'z o'zini boshqarish organlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar"
D"Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi" (78-modda)
3
Konstitutsiyada nima jamiyatning asosiy bo'g'ini ekanligi ta'kidlangan?
AFuqarolar
BO'qituvchilar
CYoshlar
DOila
4
To'rtinchi bo'limga qaysi moddalar kirishini aniqlang.
A68-98 moddalar
B65-82 moddalar
C91-104 moddalar
D83-90 moddalar
5
Qanday huquq o'z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi?
AYashash huquqi
BOvoz berish huquqi
CUy-joy huquqi
DMulkka egalik qilish huquqi
6
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda qaysi vaqtida o'tkaziladi?
AMart oyining ikkinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida o'tkaziladi.
BDekabr oyi birinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida o'tkaziladi.
COktabr oyi uchinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida o'tkaziladi.
DOktabr oyi birinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida o'tkaziladi
7
Qaysi davlat organi muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli?
AOliy Majlis Senati
BPrezident
COliy Majlis Qonunchilik palatasi
DMarkaziy saylov komissiyasi
8
Moddalarni o'z raqamiga mos tartibda joylashtiring.
1) "Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin"
2) "Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog'ida foydalanishga yo'l qo'yilmaydi"
3) "Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas"
4) "Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas"
a) 26-modda   b) 28-modda   c) 27-modda   d) 29-modda
A1-b; 2-d; 3-c; 4-a;
B1-d; 2-b; 3-c; 4-a;
C1-d; 2-b; 3-a; 4-c;
D1-b; 2-d; 3-a; 4-c;
9
"Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to'g'risida qaysi huquq normalariga muvofiq g'amxo'rlik qiladi"
AShaxsiy huquq normalariga
BXalqaro huquq normalariga
CSiyosiy huquq normalariga
DDemokratik huquq normalariga
10
Eng og'ir jinoyatni aniqlang.
ADavlat tuzumiga qarshi jinoyatlar
BOdam savdosi
CO'g'irlik
DInson hayotiga suiqasd qilish.
11
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat qaysi davlat organining qaroriga ko'ra yo'l qo'yiladi?
ASud organlari
BIchki ishlar organlari
CAdliya organlari
DProkuratura organlari
12
Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bobi qaysi moddalarni o'z ichiga oladi?
A114-119 moddalar
B120-127 moddalar
C128-129 moddalar
D105-113 moddalar
13
"Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emas" ushbu modda Konstitutsiyaning qaysi moddasida belgilanganligini aniqlang.
A26-modda
B28-modda
C27-modda
D29-modda
14
Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari ..... bilan muhofaza qilinadi. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
AAdvokatura
BSud
CQonun
DMajburiyat
15
"Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo'shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi" ushbu modda Konstitutsiyaning qaysi moddasida belgilanganligini aniqlang.
A40-modda
B39-modda
C41-modda
D42-modda
16
Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan......oz bo'lishi mumkin emas. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
AKundalik iste'mol xarajatlaridan
BEng kam iste'mol xarajatlaridan
CEng kam ijtimoiy ta'minot xarajatlaridan
DKundalik ijtimoiy ta'minot xarajatlaridan
17
Qaysi davlat organi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi?
AKonstitutsion sud
BAdliya organi
CProkuratura organi
DOliy sud
18
Sudyalar mustaqildirlar, faqat ......ga bo'ysunadilar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
AOliy Majlis qonunlari va Ichki ishlarga
BPrezident qonunlari va Konstitutsiyaga
CKonstitutsiya va qonunlarga
DPrezident va Davlat xavfsizlik xizmatiga
19
Noto'g'ri variantni aniqlang.
ASudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo'lishi mumkin emas.
BSudyalar siyosiy partiyalarning a'zosi bo'lishi mumkin emas.
CSudyalar daxlsizdir.
DSudyalar muayyan ishlar bo'yicha adliya organlari oldida hisobdor bo'ladi.
20
Advokatura faoliyati qanday prinsiplarga asoslanadi?
AAdolat, qonuniylik va oshkoralik. Qonuniylik, mustaqillik va o'zini o'zi boshqarish
BAdolatlilik, ochiqlik va oshkoralik.
CMustaqillik, ochiqlik va o'zini o'zi boshqarish.
DQonuniylik, mustaqillik va o'zini o'zi boshqarish
21
O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni qaysi davlat organi amalga oshiradi?
AO'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar.
BO'zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vaziri va unga bo'ysunuvchi ichki ishlar xodimlari.
CO'zbekiston Respublikasining Adliya vaziri va unga bo'ysinuvchi Adliya organi a'zolari.
DKonstitutsion sud.
22
"O'zbekiston Respublikasi o'zining yagona moliya, pul va bank tizimiga ega" ushbu modda Konstitutsiyaning qaysi moddasida belgilangan?
A146-modda
B147-modda
C145-modda
D151-modda
23
"Davlat organlarining faoliyati ustidan ..... nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi" Nuqtalar o'rnini to'ldiring
AJamoatchilik
BAdliya organlari
CProkuratura
DIchki ishlar organlari
24
Konstitutsiyaning qaysi bo'limi ikkita bobdan iborat?
ABeshinchi bo'lim
BBirinchi bo'lim
CUchinchi bo'lim
DTo'rtinchi bo'lim
25
Qanday hollarda majburiy mehnat taqiqlanmaydi?
AIchki ishlar organlari tomonidan belgilangan ma'muriy qamoqqa olish
BSud qarori bilan belgilangan
CProkuratura organlari qarori bilan
DAdliya organi qarori bilan
26
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o'rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda .........(a) tomonidan umumiy sonining kamida ..............(b) qismi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi?
Aa-Oliy Majlis senatorlari; b-uchdan bir qismi;
Ba-Qonunchilik palatasi deputatlari; b-uchdan bir qismi;
Ca-Qonunchilik palatasi deputatlari; b-uchdan ikki qismi;
Da-Oliy Majlis a'zolari; b-uchdan ikki qismi;
27
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari qaysi moddada belgilangan?
A100-modda
B101-modda
C117-modda
D119-modda
28
Qaysi davlat organi barqaror iqtisodiy o'sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish bo'yicha choralar ko'radi?
AQonunchilik palatasi
BVazirlar Mahkamasi
CSenat
DMahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari
29
Vakolati tugashi munosabati bilan iste'foga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti umrbod qaysi lavozimni egallaydi?
ASudyalar kengashi a'zosi
BVazirlar Mahkamasi a'zosi
CQonunchilik palatasi deputati
DOliy Majlis senatori
30
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov qancha oy mobaynida o'tkaziladi?
AUch oy
BBesh oy
COlti oy
DTo'qqiz oy
2
2-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
3
3-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
4
4-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
5
5-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
6
6-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
7
7-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
8
8-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
9
9-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
10
10-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
11
11-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
12
12-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
13
13-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
14
14-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
15
15-variant
Tez orada qo'shiladi
Tez kunda
Bilimni sinash
Mavzu testi
0/0
Natija